Bugun, 1-may kuni viloyat hokimligi tomonidan Sirdaryoda suv toshqinidan zarar koʻrganlarga 20 tonna un, 10 tonna oʻsimlik yogʻi, 10 tonna oziq-ovqat mahsulotlari va 300 ta koʻrpa-toʻshak jamlanmasidan iborat insonparvarlik yordami yuborildi.

“Buxoroliklar Sirdaryo ahliga mana shunday ogʻir, sinovli kunlarda sabr tilaydi”, deya yoziladi Buxoro viloyati hokimligi Axborot xizmatida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qashqadaryo, Toshkent, Navoiydan Sirdaryoga insonparvarlik yordami yuborilgandi.

Facebook Comments