Jizzax viloyati Zomin tumani, Shirin qishloq fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi opa-uka 2006-yil tugʻilgan T.G. va 2011-yil tugʻilgan T.F. lar soydan sel kelishi natijasida oqib ketib halok boʻldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, opa-uka oziq-ovqat doʻkoniga chiqqan va qishloq hududidan oqib oʻtuvchi soydan oʻtayotgan vaqtda sel kelib oqizib ketgan. T.F.ning soy boʻyida jasadi topilgan. T.G. hushsiz holda tuman tibbiyot birlmashmasiga keltirilgan. Biroq, koʻrsatilgan muolajaga qarmasdan hayotdan koʻz yumgan.

Eslatib oʻtamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qoʻrgʻontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.

Bunda, asosan, suv ekin maydonlariga zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi. Voqea joyiga dastlab bosh vazir Abdulla Aripov, soʻngra davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev yetib borgani xabar berildi. Keyinchalik Sirdaryoning suv ostida qolgan mahallalari aholisi Jizzaxdagi maktab va kollejlarga joylashtirilayotgani, Sardoba suv omboridan suv chiqishi kamaygani, keyinroq suv chiqishi toʻxtatilgani haqida xabar qilingan.

Facebook Comments