Bir yoʻla toʻrtta viloyatda 30 nafar bemor sogʻayib, jami sogʻayganlar 1212 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, Xorazmda 14 nafar, Fargʻonada 12 nafar, Andijonda 3 nafar hamda Samarqandda 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sogʻayib, ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Endilikda toʻliq sogʻayganlar Xorazmda 135 nafarga, Fargʻonada 73 nafarga,Samarqandda 22 nafar hamda Andijonda 109 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun 79 nafar bemor tuzalib, respublika boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 1212 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda Oʻzbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 2075 nafarni tashkil qilib, sogʻaygan va vafot etganlardan tashqari, jami 854 nafar bemor davolanmoqda.

Facebook Comments