Oʻzbekistonda 1-may soat 23:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 11 kishiga koʻpayib, 2086 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Eslatib oʻtamiz, 1-may soat 10:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2075 nafarni tashkil etayotgandi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning toʻqqiz nafari vafot etdi, 1212 nafari esa sogʻaygan. 28-apreldan buyon sogʻayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan koʻp boʻlib turibdi.

Facebook Comments