1-2-may kunlari Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi.

1-mayda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomgʻir, ayrim joylarga kuchli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Respublikaning qolgan hududlarida kechga borib yomgʻir, ayrim joylarga kuchli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qoraqalpogʻistonda, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida yogʻingarchilik boʻlmaydi.

2-mayda respublikada yomgʻir, ayrim joylarga kuchli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomgʻir, ayrim joylarga kuchli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik boʻlmaydi.

Shamolning tezligi 15-29 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda shamol shiddati 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.

30-aprel-3-may kunlari respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Facebook Comments