Oʻzbekistonda 30-aprel soat 10:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 15 nafarga oshib, 2017 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, 29-aprel kuni soat 23:00 holatiga koʻra 33 nafarga oshib, 2002 nafarni tashkil etayotgandi. Kechaning oʻzida 29-aprel kuni 63 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 9 nafari vafot etdi, 1096 nafari esa sogʻayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 oʻzbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng koʻpi — 42 nafari — Rossiyada), ularning besh nafari vafot etgan.
Singapurlik olimlar Oʻzbekistonda 20-maygacha koronavirus bilan bogʻliq vaziyatga barham beriladi deya prognoz qilmoqda.