Toshkentda xonadondan chiqqan ilonni maxsus qutqaruv otryadi borib ushladi. Bu haqda FVB xabar bermoqda.

Unga koʻra, 2020-yil 27-aprel kuni soat 20:01 da Mirzo Ulugʻbek tumani TTZ 1-pillachi koʻchasida joylashgan xonadonlarning birida ilon borligi boʻyicha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasigning tezkor boʻlimiga qoʻngʻiroq qilgan.

Zudlik bilan boshqarmaning maxsus qutqaruv otryadi xonadonga borib oʻrganilganda xaqiqatdan ham uyning ichida taxminan yarim metr uzunlikdagi ilon borligi aniqlangan.

Koʻrilgan tezkor choralar natijasida 10 daqiqa ichida ilon ushlangan va xonadon vakillarining xavfsizligi taʼminlangan.

Facebook Comments