Qirgʻizistonda huvullab qolgan tahririyatlar va studiyalarda yana 11-maydan ish qaynay boshlaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri oʻrinbosari maʼlum qildi.

Shunday qilib ijodkorlar karantin tufayli sogʻinib qolgan sevimli joylariga qaytishiga ham oz qoldi.

Mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari 729 tani tashkil etyapti, 437 bemor tuzalgan boʻlsa, 8 kishi hayotdan koʻz yumgan.

1-maydan boshlab esa bu yerda ayrim korxonalar faoliyatiga ruxsat beriladi.

Facebook Comments