Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvoxitov hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.Madjidov rahbarligida Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga bagʻishlangan onlayn yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-apreldagi “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Onlayn yigʻilishda Samarqand va Termiz davlat universitetlari, Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Toshkent davlat texnika, Toshkent davlat agrar, Toshkent davlat pedagogika universitetlari va Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiallari rahbarlari ishtirok etdi.

Shuningdek, yigʻilishda Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori etib tayinlangan Raximov Gʻanisher Xudoykulovich tanishtirilib, mazkur yangi oliy taʼlim muassasasi oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Facebook Comments