Bosh prokuratura joriy yilning 3 oyi davomida respublika boʻyicha jami 87 ta jinoyat ishi boʻyicha 115 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida xabar berdi.

Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 4 nafari viloyat va 111 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 50 nafari oʻzganing mulkini oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish, 21 nafari pora olish (berish) va pora olish-berishda vositachilik qilish, 7 nafari firibgarlik, 6 nafari mansab soxtakorligi, 3 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 1 nafari mansab mavqeini suiisteʼmol qilish va 27 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan.

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 51,3 mlrd. soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan boʻlib, tergov jarayonida ushbu zararning 18,3 mlrd. soʻmi undirilgan.

Facebook Comments