Oʻzbekistonda 29-aprel soat 10:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 16 nafarga oshib, 1955 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, 28-aprel kuni soat 14:00 holatiga koʻra 15 nafarga oshib, 1939 nafarni tashkil etayotgandi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 992 nafari esa sogʻayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 oʻzbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng koʻpi — 42 nafari — Rossiyada), ularning besh nafari vafot etgan.

Singapurlik olimlar Oʻzbekistonda 20-maygacha koronavirus bilan bogʻliq vaziyatga barham beriladi deya prognoz qilmoqda.

Facebook Comments