Koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, 14 kun sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, 1959-yilda tugʻilgan toshkentlik G. shu yilning 15-aprel kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) bilan yotqizilgan.

Oʻtkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan soʻng bemorda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan. Shundan soʻng,unga ixtisoslashgan tibbiy yordam berish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasiga ogʻir holatda oʻtkazilgan.

Bemorda bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya kabi qator xastaliklar boʻlganligi sababli davolanish ogʻir kechib, 14 kun sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan. Bundan avval, yaʼni 2-fevralida u ilkborbosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi ( insult)tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan va davolanib chiqqan.

61 yoshli ushbu bemor davolanish davomida kunlik ahvoli video muloqotlar orqali xorijlik va Oʻzbekistondagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida boʻlgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar oʻtkazib kelingan.

Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida oʻtkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir respirator disstres sindrom, oʻtkir nafas yetishmovchiligi, oʻpka-yurak yetishmovchiligidan vafot ettgan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 9 nafari vafot etdi, 1096 nafari esa sogʻayib, reabilitatsiyaga olingan. Infeksiyaga chalinganlar, 29-aprel soat 23:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 33 nafarga oshib, 2002 nafarni tashkil etmoqda.

Xorijda 73 oʻzbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng koʻpi — 42 nafari — Rossiyada), ularning besh nafari vafot etgan.

Singapurlik olimlar Oʻzbekistonda 20-maygacha koronavirus bilan bogʻliq vaziyatga barham beriladi deya prognoz qilmoqda.

Facebook Comments