Namanganda 11 nafar bemor tuzaldi, viloyatda jami sogʻayganlar 72 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, Namangan viloyatida yana 11 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻaygan, ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Sogʻayganlarning barchasi Namangandan (9 nafari Namangan shahridan, Uchqoʻrgʻon va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) boʻlib, 2 nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.

Qolgan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 7 nafari ayol boʻlib, ular orasida eng yoshi kattasi 67 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda. Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forigʻ boʻlganini koʻrsatdi.

Viloyatda shu paytga qadar 61 nafar bemor tuzalgan boʻlsa, endilikda ular 72 nafarni tashkil etmoqda.
Maʼlumot uchun, Respublika boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan bemorlar 1028 nafarni tashkil etmoqda.

Facebook Comments