Izoh: aniq sana Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan belgilanadi.

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan tez kunlarda fuqarolarga shaxsiy avtomobillaridan foydalanishga ruxsat beriladi.

Faqat ushbu tartib ertalab 7:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha foydalanishga ruxsat beriladi. Bunda ishga borish-kelish, shifoxona, dori-darmon xarid qilish asosiy maqsad boʻlishi lozim.

Shuningdek, ota-onalarga farzandlari bilan oʻz uy atrofida sayr qilishga ruxsat beriladi. Bunda karantin qoidalariga rioya etish talab qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, Respublika maxsus komissiyasi 30-martdan boshlab, yoʻllarda maxsus stikersiz harakatlanishni taqiqlab qoʻygandi.

Facebook Comments