Sahabzoda Irrfan Ali Xon 1967-yilda tugʻilgan. U aktyorlik faoliyatini saksoninchi yillarda seriallarda rol oʻynashdan boshlagan.
U “Xarobadan chiqqan millioner“, “Pining hayoti“ filmlaridagi rollari bilan mashhur. Shuningdek, “Lanchboks“, “Piku“, “Xindi medium“ kabi bollivudning mashhur filmlarida rol ijro etgan. U rol oʻynagan filmlar soni umumiy 150 ta. Bundan tashqari bir qator milliy mukofotlar sohibi.
U hamkasbi Amitabx Bachchan tomonidan “oʻta iqtidorli“ deb taʼriflangan.
Uning agentligi xabar berishicha, u gʻarbiy Mumbaydagi shifoxonalardan birida vafot etgan. Unga yoʻgʻon ichak infeksiyasi tashxisi qoʻyilgan edi.
Facebook Comments