Toshkentda bir kishining oʻlimi bilan bogʻliq boʻlgan yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi, deya xabar bermoqda Yoʻl Harakati Xavfsizligi Bosh Boshqarmasi matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, kecha 27-aprel kuni soat 11:30larda, Toshkent shahar, Uchtepa tumani, THAY koʻchasi “UZNEFTGAZ” AYOQSH qarshisida, haydovchi 1970-y.t. A.K. “GAZ-322132” rusumli transport vositasini boshqarayotib asosiy yoʻldan harakatlanib kelayotgan haydovchi 1965-y.t. B.X. boshqaruvidagi “Hyundai porter” rusumli yuk transport vositasiga yoʻl bermaganligi oqibatida toʻqnashuv sodir boʻlgan.

Toʻqnashuv natijasida, “Hyundai porter” rusumli yuk transport vositasi haydovchisi B.X. ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida halok boʻlgan.

Hurmatli yoʻl harakati ishtirokchilari karantin vaqtida zaruratsiz koʻchaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yoʻl harakati qoidalari”ga amal qilishingizni soʻrab qolamiz.

Facebook Comments