Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanida mudhish yoʻl-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok boʻldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, kecha 27-aprel kuni soat 09:30 larda, Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumanining “Kakand” mahallasi hududidan oʻtuvchi mahalliy 4K-592 yoʻlining 9 km.da, haydovchi 1999-y.t. M.T. “Neksiya” rusumli transport vositasida oldinda harakatlanib ketayotgan transport vositasini quvib oʻtish maqsadida yoʻlning qarama-qarshi boʻlagiga chiqqan vaqtida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi 1988-y.t. X.Sh. boshqaruvidagi “Kamaz-652043” rusumli yuk transport vositasi bilan toʻqnashib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasi yoʻlovchisi 1993-y.t. F.K. ogʻir tan jarohati olib vokea joyida halok boʻlgan. Haydovchi M.T. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Hurmatli yoʻl harakati ishtirokchilari karantin vaqtida zaruratsiz koʻchaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yoʻl harakati qoidalari”ga amal qilishingizni soʻrab qolamiz.

Facebook Comments