Torontolik 30 yashar ayol koʻchada ketarkan, birdan koʻkragi osti qizib ketadi va oʻtkir ogʻriq boshlanadi.

Qarasa, koʻksidan qon sizib, koʻylagi ustidan oqmoqda.

Qoʻrqib ketgan ayol toʻgʻri kasalxonaga boradi.

Tez yordam boʻlimida uni tekshirgan shifokorlar koʻkragi ostida qurolli jarohat topishadi va uni jarrohlik boʻlimiga yuborishadi.

Jarrohlar esa koʻkragida tiqilib qolgan oʻqni topadilar.

Biroq ayol — oʻrtacha ogʻriq va qon oqishini aytmasa — oʻzini juda yaxshi his qilardi.

Maʼlum boʻlishicha, oʻq uning chap koʻkragidagi silikonni teshib oʻtib, oʻng koʻkrakdagi silikonga kiradi.

Ammo oʻq zarbasi shunchalik kuchli boʻladiki, u koʻkrak ichidagi silikonni teskari qilib tashlaydi.

Oʻq harakatdan toʻxtamay, ayolning koʻkragi toʻqimalariga yetib boradi va haqiqiy siynasida toʻxtab, tiqilib qoladi.

Aftidan, chap koʻkragidagi silikon ayolning yuragini oʻqdan himoya qilgan.

Uning qovurgʻasiga darz ketgan va soxta silikon ishdan chiqqan.

Ayol antibiotiklar olgach, kasalxonadan sogʻ-omon chiqadi.

Bronijilet kabi

Jarrohlikni amalga oshirib, oʻqni sugʻurib olgan shifokor Jankarlo Makevenyu esa bunday holatlar ilgari ham boʻlganmi — yoʻqmi, tekshirib koʻradi.

Maʼlum boʻlishicha, kamida toʻrtta holatda oʻq silikon koʻkrak ichiga tushgan.

Bularning ikkitasida silikon siyna oʻz egasini muqarrar oʻlimdan qutqarib qolgan.

Keyin olimlar laboratoriya sharoitida silikon siynani sinab koʻrishadi.

Natija — silikon koʻkrak haqiqatan ham oʻqqa qarshi kuchli himoya qalqoni boʻlib xizmat qilarkan.

Doktor Makveyenyuning aytishicha, ayol qaytib, tibbiy tekshiruvga kelmagan.

Ammo u yana qaytadan silikon siyna qoʻydirganmi yo yoʻqmi — nomaʼlum.

Oʻqni kim uzgani ham topishmoq boʻlib qolmoqda.

Politsiya oʻq otgan odamni ham, oʻq otilgan qurolni ham topa olmadi.

Deb maʼlumot berilmoqda BBC xabarida

Facebook Comments