Qirgʻizistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari soni 708 taga yetdi, deya xabar beradi RIA Novosti seshanba kuni COVID-19 ga qarshi kurashish boʻyicha respublika shtab-kvartirasi maʼlumotiga tayanib.

“2020-yil 28-aprelda respublikada COVID-19 ning 13 ta yangi holati qayd etildi. Infeksiyani yangi yuqtirib olganlar orasida ikkitasi tibbiyot xodimlari”, dedi shtab vakili.

Maʼlumot uchun, Qirgʻizistonda COVID-19 kasalligidan zararlanganlar 708 kishiga yetdi, ulardan 185 nafari tibbiyot xodimlaridir. 8 kishi vafot etgan, 416 kishi tuzalgan.

Kasallikning tarqalishi munosabati bilan respublikada favqulodda holat rejimi joriy etildi. Bir qator shaharlarda, shu jumladan poytaxt Bishkekda favqulodda holat mavjud.

Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 8 nafari vafot etdi, 909 nafari esa sogʻayib, reabilitatsiyaga olindi. Xorijda 73 oʻzbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng koʻpi — 42 nafari — Rossiyada), ularning besh nafari vafot etgan. Zararlanish holati 28-aprel soat 10:00 holatiga koʻra 1924 nafarni tashkil etmoqda.

Facebook Comments