Qirgʻiziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan karantin sababli mamlakatda Gʻalaba kuni nishonlanmasligini maʼlum qildi.

Odatda ushbu davlatda 9-may kuni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalaba munosabati bilan tantanali marosim, harbiy parad va “Oʻlmas polk” anʼanaviy aksiyasini oʻtkazilar edi. Mamlakatda ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazishga qoʻyilgan cheklovlar hali olib tashlanmaganligi uchun mazkur tadbirlar tashkil etilmaydi. Faqat “Oʻlmas polk” aksiyasini onlayn-formatda oʻtkazish rejalashtirilyapti.

Facebook Comments