Qirgʻizistonda biznes sohasi bosqichma-bosqich jonlanishi kuzatilyapti.

Xususan, mamlakatning favqulodda holat sharoitida iqtisodiyotni qayta tikilish boʻyicha rejasi ishlab chiqilgan. Unda karantin paytida asta-sekin faoliyatini boshlaydigan obyektlar, ishchilar soni, ish vaqti va xodimlarni korxonalarga olib borish yoʻllari koʻrsatib oʻtilgan.

Shuningdek, blokpostlar soni ham qisqartiriladi. Biroq cheklovlarning qolgan qismi oʻzgarishsiz qoldiriladi. Bu haqda davlat rahbari maʼmuriyati maʼlum qilgan.

“Masalan, ommaviy-madaniy tadbirlar oʻtkazishga qoʻyilgan taqiq oʻz kuchida qoladi. OTM va maktablar masofaviy usulda oʻqishni davom ettiradi. Favqulodda holat joriy etilgan hududlarning kirish va chiqish joylariga oʻrnatilgan sanitariya-karantin postlari faoliyatini davom ettiradi”, — degan mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov.

Facebook Comments