Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoroga joʻnab ketdi. Prezident matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, davlat rahbari Buxoroda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qiladi.

Maʼlumki, 27-aprel kuni Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan kuchli shamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi hayoti, infratuzilma tarmoqlari va qishloq xoʻjaligi ekinlariga katta zarar yetkazgan.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tabiiy ofat oqibatlarini koʻzdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish maqsadida bugun Buxoro viloyatiga joʻnab ketgan.

Eslatib oʻtamiz, Buxorodagi kuchli shamol va boʻron oqibatida 30 nafarga yaqin inson jabr koʻrgan, 1 kishi tok urishi natijasida vafot etgan. Prokuratura baxtsiz hodisalar boʻyicha tekshiruv boshlaganini maʼlum qildi.

Facebook Comments