28-aprel kuni Oʻzbekistonda 100 nafar bemor tuzalib, jami sogʻayganlar 992 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Ayni shu soatlarda Andijon viloyatida 27 nafar, Surxondaryo viloyatida 7 nafar, jami 34 nafar bemor butkul sogʻaydi. Ular viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Endilikda darddan forigʻ boʻlganlar Andijonda 88 nafarni, Surxondaryoda esa 18 nafarni tashkil qilmoqda. Shunday qilib, bugunning oʻzida100 nafar bemor tuzalib, ayni paytda Respublika boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 992 nafarga yetdi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 8 nafari vafot etdi, 992 nafari esa sogʻayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 oʻzbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng koʻpi — 42 nafari — Rossiyada), ularning besh nafari vafot etgan.

Facebook Comments