Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar soni 900 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, Fargʻona viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo viloyatida esa 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning tuzalib chiqqanligi haqidagi yangilik bilan boshlaymiz. Sogʻayganlar viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Fargʻonadan sogʻayganlarning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol boʻlib, 4 nafari Fargʻona viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan va 1 nafari Sirdaryo viloyatidan. Ularning 5 nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 2 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olgan. Eng yoshi kattasi 48 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 2020-yil tugʻilgan. Viloyatda shu paytga qadar 52 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 59 nafarga yetdi.

Qashqadaryoda tuzalib chiqqan 14 yoshli (erkak ) bemor Chiroqchi tumanidanboʻlib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olishgan. Viloyatda shu paytga qadar 4 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 5 nafarga yetdi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 8 nafari vafot etdi, 900 nafari esa sogʻayib, reabilitatsiyaga olindi. Xorijda 73 oʻzbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng koʻpi — 42 nafari — Rossiyada), ularning besh nafari vafot etgan.

Facebook Comments