Kecha, 27-aprel kuni soat 20:00 dan 22:30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida Buxoro viloyatida 25 m/sek tezlikda shamol tezligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu tabiiy ofat natijasida viloyat boʻyicha 5 293 ta bino, 415 ta transport vositasi, 42 400 ta daraxt talofot koʻrgan va 295 ta tabiiy gaz va elektr taʼminotida avariyalar sodir boʻlgan, 31 nafar shaxs turli darajada tan jarohati olganlar.

Soat 21:30 larda Buxoro shahri, X.Mushkin koʻchasida yashovchi 42 yoshli Oʻ.A. (1978-y.t., sudlanmagan, ishsiz) uyiga kelayotgan vaqtida viloyatda kuchli shamol boʻlganligi oqibatida yerga uzilib tushgan elektr simiga ehtiyotsizlik bilan urilishi natijasida vafot etgan.

Bundan tashqari, Qorakoʻl va Olot tumani bilan aloqa uzilib qolganligi sabablitegishli xizmatlardan iborat guruh shakllantirilib, hodisa joyini oʻrganish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun yuborilgan. Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Facebook Comments