Bugun, 28 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:15 da Аfgʼoniston hududida zilzila yuz berdi. Bu haqda Oʼzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring markazi maʼlum qildi.
Xabar berilishicha, zilzila markazi Аfgʼoniston hududida, Toshkent shahridan 537 kilometr janubi-sharqda, 100 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzila kuchi uning markazida 5,4 magnitudani tashkil qilgan.
Maʼlum qilinishicha, yerosti silkinishlarining kuchi Oʼzbekiston hududida sezilmagan.
Facebook Comments