Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) Yevro-2020 formatini o‘zgartirish bo‘yicha muhokama boshladi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bermoqda.

Manba ma`lumotiga ko‘ra, musobaqa Yevropaning 12 shahrida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan edi, ammo Italiya va Ispaniyada koronavirus pandemiyasi jiddiy ta’sir ko’rsatgani bois, Rim va Bilbao shaharlari mezbonlikni qabul qilishga tayyor bo‘lmasligidan xavotirda.

Koronavirus pandemiyasi tufayli juda ko‘p qurbonlar bo‘lgan va katta iqtisodiy zarar ko‘rgan Ispaniya va Italiya musobaqani muvaffaqiyatli o‘tkazishiga shubha bildirmoqda.

Bundan tashqari, taqvim bo‘yicha ham muammolar yuzaga kelishi mumkin, chunki ko‘plab stadionlar 2021 yil yozida turli tadbirlarni rejalashtirib qo‘yishgan.

Yevropa chempionatini o‘tkazishga tayyor mamlakatlar orasida hamon Angliya bor. Londondagi «Uembli» stadionida «uch sherlar»ning guruh bosqichidagi barcha o‘yinlari, shuningdek, yarimfinal va final o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Yevro-2020 London, Myunxen, Boku, Rim, Sankt-Peterburg, Budapesht, Buxarest, Dublin, Kopengagen, Glazgo, Bilbao va Amsterdam shaharlarida o‘tkazilishi lozim.

Facebook Comments