Turkmanistonda COVID-19 pandemiyasi fonida muqaddas Ramazon oyida masjidlar yopilmadi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Masjidga muntazam ravishda tashrif buyuradigan dindorlar taʼkidlashicha, mamlakatda barcha diniy tadbirlar odatiy tarzda oʻtkaziladi, koronavirus pandemiyasi tufayli hech qanday cheklovlar yoʻq. Odamlar ommaviy tarzda oʻtkaziladigan juma va taroveh namozlariga kelishlari mumkin.

Roʻzaning birinchi kunida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2018-yilda qurilgan “Hazrat Omar” masjidini ziyorat qildi. Masjidda iftorlik tashkil qilindi. Prezident oqsoqollar bilan suhbatlashdi.

Mahalliy televideniye tayyorlagan lavhada koʻrinishicha, masjidda yuzga yaqin kishi boʻlgan. Rasmiylarga koʻra, Turkmanistonda koronavirusga chalinish birorta holat aniqlanmagan.

Facebook Comments