Rossiya Boks Federatsiyasi mashhur reperlar Timati va Basta oʼrtasida jang tashkil qiladi.

Rossiya Boks Federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev rus reperlari Timati va Basta oʼrtasida boks jangi tashkil qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

“Shunday formatdagi janglarni tashkil qilishda faol tayyorgarlik koʼryapmiz, koʼplab sanʼatkorlar boks bilan shugʼullanadilar. Timati va Basta boksni sevishadi.

Biz ular oʼrtasida jang tashkil qilishimiz mumkin. Ularga rasman boks orqali kuch sinashishni taklif qilyapman. Federatsiya sifatida biz bu jangni tashkillashtirib beramiz. Men Timati va Bastaga takliflarni yuboraman” deb xabar bergan Umar Kremlev.

Facebook Comments