Bugun, 14-aprel kuni Toshkent shahrida Tez tibbiy yordam avtomashinasi “Epika” mashinasi bilan toʻqnashishi natijasida YTH sodir boʻldi.

IIV bergan dastlabki rasmiy maʼlumotlarga koʻra, YTH 14-aprel kuni soat 12:40 lar atrofida Toshkent shahar, Olmazor tumani Nurafshon-Chigʻatoy koʻchalari kesishmasida sodir boʻlgan.

Taʼkidlanishicha, chaqiruv boʻyicha mayoqchalari yoqilgan holatda svetoforning qizil chirogʻida haydovchi G.I. “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasida harakatlanib chiqqan vaqtida yashil chiroqda kesishmadan harakatlanib oʻtayotgan haydovchi N.S. boshqaruvidagi “Epika” rusumli transport vositasi bilan toʻqnashgan.

Natijada, “Epika” rusumli transport vositasi haydovchisi va yoʻlovchisi, “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi haydovchisi va ikki nafar yoʻlovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur toʻqnashuv yuzasidan hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Facebook Comments