“Suriyaning Fadiya” davlat telekanali xabariga koʻra, Deyr ez-Zor viloyatida AQSH armiyasining harbiy mashinasi nomaʼlum qurolli guruh tomonidan hujumga uchragan.

Kanalga koʻra, AQSH harbiylari Omar dalalaridan Tanak dalalariga qarab ketayotganda hujumga uchragan. Hujumdan keyin “HUMMER” harbiy mashinasi butunlay yonib ketganligi aniqlandi. Harbiylarning taqdiri va ularning qayerda ekanligi nomaʼlum.

Bu AQSH harbiylarining Suriyada yoʻq qilinishi bilan bogʻliq birinchi holat emas. Chunki shu oyda armiya patruliga qarshi pistirmada aynan Deyr ez-Zor viloyatida AQSH armiyasi ofitseri va Suriya Demokratik Kuchlarining ikki askari halok boʻlgandi.

Shuningdek, Al-Xasake viloyatida AQSH harbiy mashinasiga hujum uyushtirilib, bir necha AQSH askarlari yaralangan.

Facebook Comments