“Real Madrid” klubi rahbariyati kelayotgan transfer oynasida ikkita shov-shuvli transferga qo‘l urishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sports Mole xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, «qirollik klubi»ning asosiy maqsadi «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba va “Borussiya” forvardi Erling Holandni qo‘lga kiritish hisoblanadi.

Madrid klubi prezidenti Florentino Peres Pogbani 80 million yevroga sotib olish mumkinligiga ishonayotgan bo‘lsa, Holandning transfer bahosi 72 million yevroga baholanmoqda.

Pogbaning “MYU” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, shu bois inglizlar 27 yoshli fransiyalik futbolchi masalasida takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Qishki transfer oynasida Avstriya klubidan Germaniya jamoasiga o‘tgan 19 yoshli Holand esa dortmundliklar bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, uni 22 millionga sotib olgan klub 72 million yevroga sotishi ehtimoli katta.

Ma’lumot uchun, “Real” La Liga 27-turidan keyin 56 ochko jamg‘arib turnir jadvalida 2-o‘rinni band etmoqda.

Facebook Comments