Qoraqalpogʻistonda 21 nafar bemor tuzalib, jami sogʻayganlar 880 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Shunday qilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻaygan. Ular respublika sogʻliqni saqlash vazirligi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatib qoʻyilgan.

Sogʻayganlarning barchasi Qoraqalpogʻistondan (15 nafari Nukus shahridan, 4 nafari Moʻynoq tumanidan, yana 2 nafari Qoʻngʻirot tumanidan) boʻlib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning 9 nafari erkak, 12 nafari ayol boʻlib, ular orasida eng yoshi kattasi 64 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda. Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forigʻ boʻlganini koʻrsatdi.

Ayni paytga qadar Qoraqalpogʻistonda shu paytga qadar 29 nafar bemor tuzalgan boʻlsa, endilikda ular 50 nafarni tashkil etmoqda. Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 91 nafar bemor tuzaldi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 880 nafari esa sogʻayib, reabilitatsiyaga olingan. Infeksiya yuqtirib olganlar soni 1887 nafarni tashkil etmoqda.

Xorijda 73 oʻzbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng koʻpi — 42 nafari — Rossiyada), ularning besh nafari vafot etgan.

Facebook Comments