Qirgʻizistonda koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq holatlar soni 695 taga yetdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” COVID-19 bilan kurashish boʻyicha respublika shtab-kvartirasi maʼlumotiga tayanib.

“2020-yil 27-aprelda respublikada COVID-19ʼning 13 ta yangi holati qayd etildi”, degan shtab vakili.

Uning soʻzlariga koʻra, yangi yuqtirganlar orasida 3 nafari tibbiyot xodimlari.

Shunday qilib, Qirgʻizistonda COVID-19 kasalligi soni 695 kishiga yetdi, ulardan 183 nafari tibbiyot xodimlaridir. 8 kishi vafot etdi, 395 kishi tuzaldi.

Infeksiya tarqalishi munosabati bilan respublikada favqulodda holat rejimi joriy etildi. Mamlakatning bir qator shaharlarida, shu jumladan poytaxt Bishkekda ham favqulodda holat mavjud.

Facebook Comments