Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida dahshatli avtohalokat sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl Harakati Xavfsizligi Bosh Boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 20-aprel kuni soat 21:45 larda, Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani hududidan oʻtgan A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 121 km.da, haydovchi 1988-y.t. Sh.S. “Spark” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yoʻlning qarama-qarshi boʻlagiga chiqib harakatlanishi oqibatida, qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi 1979-y.t. D.X. boshqaruvida boʻlgan “MMZ554” rusumli yuk transport vositasi bilan toʻqnashib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Spark” rusumli haydovchisi Sh.S. tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

“Hurmatli yoʻl harakati ishtirokchilari karantin vaqtida zaruratsiz koʻchaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yoʻl harakati qoidalari”ga amal qilishingizni soʻrab qolamiz”, deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jizzaxda 19 yoshli haydovchi uxlab qolishi natijasida “Damas” mashinasi agʻdarilib ketgandi, shuningdek, yana Jizzaxda “Jiguli” haydovchisi 4 yoshli qizni urib yuborishi oqibatida qizaloq halok boʻlgan. Bundan tashqari, Muborak tumanida avvalroq “Spark” bilan yuk mashinasi toʻqnash kelishi oqibatida “Spark” yonib ketgan va ichida boʻlgan 3 kishi voqea joyida halok boʻlgan.

Facebook Comments