Joriy yil yanvar-mart oylarida Oʻzbekistondan boshqa mamlakatlarga 1906 kishi doimiy yashash uchun koʻchib ketgan.

Shulardan 64,8 foizi Qozogʻiston, 29,2 foizi Rossiya, 0,9 foizdan Qirgʻiziston va Isroil hissasiga toʻgʻri keladi. Boshqa davlatlar boʻyicha ushbu koʻrsatkich 3,4 foizni tashkil etdi.

Ushbu davrda Oʻzbekistonga doimiy yashash uchun koʻchib kelganlar soni esa 409 nafarni tashkil etib, shulardan Qozogʻiston(34,1 foiz), Tojikiston(28,6), Rossiya(19,6), Qirgʻiziston(7,1) dastlabki uchta pogʻonani egalladi. Boshqa mamlakatlar hissasiga 9,4 foizi toʻgʻri keladi.

Oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirganda doimiy yashash uchun koʻchib ketgan va koʻchib kelganlar soni 70-80 foiz qisqarib ketgan.

Facebook Comments