Namanganda 4 nafar, Jizzaxda esa barcha bemorlar butkul sogʻaydi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, Namangan viloyatida 4 nafardan, Jizzax viloyatida esa 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sogʻaygan. Ular viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Namanganda sogʻayganlarning 1 nafari erkak, 3 nafari ayol barchasi ushbu viloyatdan. Ularning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olishgan. Eng yoshi kattasi 66 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 31 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 57 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 61 nafarga yetdi.

Jizzaxdan tuzalib chiqqan 33 yoshli va 31 yoshli bemorlar (erkak) jizzaxlik boʻlib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olishgan. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan avval 1 nafar fuqaro sogʻayib chiqqan edi. Endilikda ushbu ikki nafar bilan viloyatdagi koronavirusga chalingan barcha bemorlar toʻliq sogʻayib chiqdi. Yaʼni Jizzax koronavirusdan butkul tozalandi.

Ayni paytda Respublika boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 810 nafarni tashkil etmoqda.

Facebook Comments