“Oʻzbekneftgaz” AJning “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻida Ai-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilgʻisi sotuvini yoʻlga qoʻygan edi. 2020-yilning 1-mart kunidan boshlab, ushbu AYOQSHlardagi dizel yoqilgʻisining narxi 500 soʻmga arzonlashtirildi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ xabar bermoqda.

2020-yilning 26-mart kunidan eʼtiboran, Ai-92 markali benzinning narxi 6200 soʻmdan 6000 soʻmga pasaytirilgan edi. 29-aprel kunidan boshlab, bu mahsulotning narxi 5500 soʻm qilib belgilandi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan isteʼmolchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan neft mahsulotlarining sotish narxlari bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi.

Facebook Comments