Ayni vaqtda senator oʻz vaqtida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” bosh direktori lavozimida ishlagan Valeriy Tyan yana bir masʼuliyatli lavozimga tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, Hukumat qarori bilan Valeriy Nikolayevich Tyan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisining xorijiy aloqalar va vatandoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan.

Maʼlumot uchun, Valeriy Tyan 2002-yil iyunidan boshlab 2017-yilning avgustiga qadar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori lavozimida ishlagan.

Facebook Comments