Epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, hududlarda dizinfeksiya ishlarini olib borish kabi muhim yumushlarni bajarishda avtomashinaga boʻlgan ehtiyojni ortiradi. Bugun bu masala oʻz yechimini topdi.

Respublika sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan sohaga doir maxsus farmoyish qabul qilindi. Mazkur koʻrsatmaga koʻra agentlikning hududiy boʻlimlariga avtomashinalar berilmoqda.

Respublikaning barcha viloyatlari qatori Namanganda ham viloyat SEOMda soha vakillariga avtomashinalar topshirildi. Karantin talabidan kelib chiqib oʻtkazilgan tor doiradagi tadbirda Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari, viloyat koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash ishlarini muvofiqlashtirish shtabi rahbari Paxriddin Matkarimov, markaz bosh vrachi Rustamjon Hamraqulov ishtirok etib, shunday keskin vaziyatda sohaga qaratilayotgan eʼtibor haqida toʻxtaldilar.

Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi tomonidan viloyatga ajratilgan 2 dona “Nexia3”, 6 ta “Damas” rusumli avtomobillar Pop, Kosonsoy, Uchqoʻrgʻon, Norin va Namangan tuman boʻlimlariga tuhfa etildi. Shulardan 2 ta “Nexia3”, 1 ta “Damas” viloyat SEOMga topshirildi. Sohaga berilgan ragʻbat uning moddiy texnik bazasini yaxshilabgina qolmay hozirgi sharoitda xizmat sifatini oshirishga qaratilgan muhim omildir.

Davlat rahbari tomonidan berilgan shunday ragʻbat biz xodimlarga kuch bagʻishlaydi, deydi – SEOM Namangan tumani boʻlimi xodimi Anvarjon Xaydarov. – Avtotexnikamiz bor, biroq nihoyatda eski edi. Tuman boʻlimimizga “Damas” avtomashinasini berilgani 54 nafar xodimlarimiz mehnatiga munosib ragʻbat. Hozirgi kunda ular blok postlarda dizenfeksiya ishlarini olib bormoqda. Quvonchli hushxabarni eshitib karantin maskanlarida xizmat qilayotgan 9 nafar tuman epidemiolog vrach va xodimlarining charchogʻlari ariydi.

Mazkur avtoulovlar viloyatda yuqumli kasallikni tarqalishini oldini olishda tezkor harakatda boʻlishlik bilan ishchanlik qobiliyatini oshiribgina qolmay dizinfeksiya tadbirlarini oʻtkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ulugʻbek ROʻZIMATOV

Facebook Comments