Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi, Oʻzbekiston milliy jamoasining sobiq futbolchisi Server Jeparov va oʻgʻli Raul Jeparov 14 kunlik karantindan keyin oʻz uylariga qaytishdi.

Server Jeparov uch hafta oldin Rossiyaga borib, Qozon shahrida boʻlib qaytgan edi. Toshkentga qaytganidan soʻng oʻgʻli bilan karantinga olindi, ularda koronavirus alomatlari sezilmagach uyga javob berildi.

Sportchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida karantinda saqlanish uchun maxsus konteynerlarda sharoitlar aʼlo darajada ekanligi, barcha qulayliklarga egaligi, gigiyena vositalari va hattoki uch mahal ovqatdan tashqari desert va mevalar ham berilgani haqida yozdi.

Oʻz postida prezidentga va shifokorlarga alohida minnatdorchilik bildirgan sportchi hammani karantin qoidalariga rioya qilishga chaqirdi va faqatgina shu yoʻl orqali virusni yenga olishimizni taʼkidlab oʻtdi.

Facebook Comments