“Liverpul” koronavirus pandemiyasi tufayli “Enfild”ni qayta qurish loyihasi toʻxtatilishini eʼlon qildi.
Xabar qilinishicha, stadionni rekonstruksiya qilish ishlari bir yilga choʻzilgan va 2023-yilning yozida tugatilish koʻzda tutilgan. Eslatib oʻtamiz, “Liverpul” stadion sigʻimini 2020-yil oxiriga qadar 54 mingdan 61 ming kishiga oshirishni xohlagan edi.
Mazkur stadionni rekonstruksiya qilish qiymati 60 million funtga baholangan edi va barcha ishlar 2022-yilning yoziga qadar yakunlanishi rejalashtirilgandi.
Maʼlumot oʻrnida, Angliyada hozirda 153 ming nafar insonda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. 21 mingga yaqin bemor ushbu kasallikdan vafot etdi.
Facebook Comments