Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar afsuski aholi orasida ham aniqlanyapti, deb gapirdi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Habibulla Oqilov.

Uning aytishicha, ushbu kasallik aholi orasida ham oz boʻlsa-da, uchrab turibdi. Ammo ular ham kasallikka chalinganlar bilan muloqotda boʻlgan yoki kasallikka chalinganlar bilan muloqotda boʻlganlar bilan muloqotda boʻlgan.

Ўзбекистонда коронавирусга чалинганлар афсуски аҳоли орасида ҳам аниқланяпти, деб гапирди Соғлиқни сақлаш вазирлиги…

Опубликовано Effect.uz Понедельник, 27 апреля 2020 г.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 826 nafari esa sogʻayib, reabilitatsiyaga olingan. Infeksiya yuqtirib olganlar soni 1887 nafarni tashkil etmoqda.

Xorijda 73 oʻzbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng koʻpi — 42 nafari — Rossiyada), ularning besh nafari vafot etgan.

Facebook Comments