Аngliya tarkibida 1966 yil Jahon chempioni boʼlgan Norman Xanter koronavirus infeksiyasidan vafot etdi, deb xabar bermoqda “Lids” klubining matbuot xizmati.

“Biz klubimiz afsonasining oʼlimini eshitib tahlikaga tushdik. U kasalikka qarshi kurashishiga qaramay, shifokorlarning urinishlariga qaramay, afsuski, bugun tongda jangni boy berdi. Biz Norman oilasiga chuqur taʼziya bildiramiz va uning mamlakat uchun qilgan ishlarini hech qachon unutmaymiz”, – deb yozadi klubi matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun, 76 yoshli Xanter 10 aprelь kuni shifoxonaga koronavirus infektsiya bilan olib kelingan edi.

Taʼkidlab oʼtish joiz, Xanter faoliyati davomida markaziy himoyachi pozitsiyasida toʼp surgan va faoliyatining asosiy qismini “Lids” jamoasida oʼtkazgan (1962 yildan 1976 gacha) va ushbu klub safida ikki karra Аngliya chempioni va Аngliya Superkubogi sohibiga aylangan.

Hozirda Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasi103 093 nafar insonda aniqlangan oʼlimlar soni esa 13 729 nafarni tashkil qilmoqda.

Facebook Comments