Ispaniya klublarining barcha oʼyinchilari, ishchilari va texnik xodimlari koronavirus uchun test topshirishadi, deb xabar bermoqda COPE nashri.

Manbaga koʼra, La Liga rahbariyati allaqachon klublardan futbolchilar va xodimlar roʼyxatini soʼragan. Test topshirish jarayoni 28 apreldan boshlanadi.

Xabar qilinishicha, La Liga prezidenti Xavьer Tebas chempionat tiklanishidan oldin futbolchilarni 1 haftalik karantinga chaqirgan, ammo aksariyat oʼyinchilar bunga rozi boʼlishmagan.

Facebook Comments