Fargʻona viloyatining Rishton tumanida halokatli yoʻl-transport hodisasi kuzatildi. Bu haqda Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, 16-aprel kuni A.B. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasida Boʻston qishlogʻi hududida harakatlanib ketayotib, velosipedchi K.Sh.ni urib yuborishi oqibatida K.Sh. tan jarohat olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Facebook Comments