Fargʻonada ayollik shaʼniga dogʻ tushirgan tartib buzarlarga nisbatan qonuniy chora koʻrildi. Bu haqda EFFECT.UZ muxbiri Elyor Tojiboyev xabar bermoqda.

Muxbirning keltirishicha, joriy yilning 24-aprel kuni Fargʻona shahar Kirguli mavzesida yashovchi 3 nafar ayollar Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan “yakkalash“ turmush tarzi talablarini qoʻpol ravishda buzib, karantin qoidalariga rioya qilmasdan, yuziga niqob (maska taqmasdan, Fargʻona shahar Yangi asr koʻchasidagi koʻp qavatli uy oldida spirtlik ichimlik ichishgan.

Soʻng voqea joyiga Fargʻona shahar IIO FMB 2-son IIB profilaktika inspektorlari kelganida, ushbu 3 nafar ayol mast xolda IIO xodimlarini “tartib buzarlikni toʻxtatish toʻgʻrisidagi“ qonuniy talablarini bajarmasdan, jamiyatda oʻrnatilgan yurish-turish qoidalarini mensimasdan uyatli soʻzlar bilan soʻkinishgan. Shundan soʻng IIB xodimlari tomonidan ushbu ayollarga nisbatan tegishli hujjatlar toʻplanib, Fargʻona shahar maʼmuriy sudiga taqdim qilingan. Sud jarayonida 3 nafar ayolga Oʻz.R. MJTKning 54, 183, 194 moddalari bilan uzil-kesil 10 sutka qamoq tayinlangan.

Suddan soʻng IIB xodimlari ushbu 3 ayolni maʼmuriy qamoq jazosini oʻtashi uchun Fargʻona viloyati IIB Maxsus qabulxonasiga olib borilganda, ularning birida tanasining xarorati yuqori ekanligi aniqlangan.

Shu zahotiyoq ayollarning barchasi Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilib, ular bilan birga hujjatlarni tuzgan va konvoylik qilgan Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari ham karantinga olingan. Tibbiy tekshiruv yakuniga koʻra oʻsha tana harorati yuqori boʻlgan ayolda koronavirus alomatlari yoʻqligi va karantindagi boshqa shaxslarda aniqlanmaganligi uchun qoʻyib yuborilgan.

Shu oʻrinda achinarli bir savollar yuzaga kelmoqda. Nahotki shu ayollar oʻzini yakkalash va bolalarini tarbiyasi bilan shugʻullanish oʻrniga koʻchada spirtlik ichimliklar isteʼmol qilsa? Nahotki ular qonunlar va xalqimizni salomatligiga (ayniqsa oʻz yaqinlarini) sogʻligʻiga befarq boʻlsa?

Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimlarini xizmati toʻgʻrisida turli salbiy va ijobiy fikrlar bildirilmoqda. Lekin, aytingchi, agarda IIO xodimlari qonunni ijrosini shunday befarq odamlardan talab qilmasa, unda karantini tinch oʻtishiga kim kafolat beradi?

Biz hozira Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi maʼmuriyatidan bu ayollar ishini koʻrib chiqgan Fargʻona shahar Maʼmuriy sudi raisi va xodimlarini sogʻligʻi toʻgʻrisida maʼlumot berilishini kutib qolamiz. Chunki bizda bor boʻlgan maʼlumotga koʻra Fargʻona shahar maʼmuriy sudi xodimlari xam shu voqeadan soʻng tibbiy tekshiruvdan oʻtishgan.

Facebook Comments