Buxoroda 15 nafar bemor sogʻaydi,jami tuzalganlar 800 nafardan oshdi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, Buxoro viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida 15 nafar bemor toʻliq sogʻaygan. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Shifo topganlarning barchasi Rossiyadancharter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan 13 nafari erkak, 2 nafari ayol. Bemorlarning 7 nafari Toshkent shahridan, Andijon va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Toshkent, Fargʻona, Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 16 yosh.

Buxoro viloyati boʻyicha shu paytga qadar 265 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 280 nafarga yetdi. Oʻzbekiston bemorlarning sogʻayib chiqishi boʻyicha Toshkent shahridan keyin eng yuqori koʻrsatkich Buxoro viloyatidan qayd etilmoqda.

Maʼlumot uchun, shu soatga kelib Respublika boʻyicha koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar soni804 nafarni tashkil etmoqda.

Facebook Comments