Londonning «Аrsenal» klubi baʼzi oʼyinchilari koronavirus pandemiyasi davrida karantin qoidalarini buzishgani maʼlum boʼldi.

Goal.com xabariga koʼra, David Luis, Аleksandr Lyakazett, Nikolya Pepe va Granit Jakalar ushbu hafta oraliq masofa qoidasiga rioya qilishmagan.

Pepe London shimolida doʼstlari bilan futbol oʼynagan. Jaka va Luis poytaxt atrofida aylanib yurishgan. Lyakazettning esa mashina yuvish joyidagi suratlari tarqaldi.

Manba maʼlumotiga koʼra, klub rahbariyati qoidabuzarlarni ogohlantiradi va ehtimol jarima solinishi ham mumkin.

Facebook Comments