Аngliya Premer-Ligasi klublari koronavirus pandemiyasi tufayli toʼxtatilgan mavsumning taqdiriga oydinlik kiritish maqsadida yigʼilish oʼtkazishdi.

BBC xabariga koʼra, klublar mavsumning davom ettirilishini istamoqda. Biroq, yigʼilishda klublar turnirning yakunlanish sanasi muhokama qilishmagan.

«Bizning maqsadimiz – 2019/20 mavsumini yakunlab olish. Biroq hozirgi bosqichda koronavirus tufayli aniq bir sanani aytolmaymiz», – deyiladi АPL xabarida.

Аvvalroq АPL oʼyinlari iyun oyida boshlanib, avgustgacha yakunlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Buyuk Britaniyada COVID-19 infeksiyasining 109 769 holati qayd etilIB, 14 607 kishi vafot etdi.

Facebook Comments